Hukm chiqquncha kompaniya yoki uning rahbari mol-mulkni sotib yuborishi mumkin. Bu iltimosnoma bilan tergovchidan gumon qilinuvchi va kompaniya mol-mulkini xatlashni so’raysiz, shunda zararingiz shu mulk hisobidan qoplanishi mumkin bo’ladi (JPK 57, 290-moddalar).
Hujjat ichida:
2025-yildan amal qilayotgan yangi tartib: tergovchi, prokuror va tergov sudyasi (8 soat ichida ko’rib chiqiladi);
mol-mulk jadvali (xonadonlar, bank hisob raqamlari, avtomobillar);
mulk qochirilishi xavfini qanday asoslash kerakligi;
rad etilsa nima qilish kerakligi;
yo’riqnoma, shablon, to’ldirilgan misol va tekshiruv varaqasi.
Eng shoshilinch hujjat: qancha erta berilsa, mulkni saqlab qolish imkoniyati shuncha yuqori.
To’lagan pulingizni jinoyat ishi ichida, davlat bojisiz qaytarishni talab qilish uchun ariza (JPK 276-modda). Unda tergovchidan sizni fuqaroviy da’vogar deb topishni va pul olgan kompaniyani fuqaroviy javobgar sifatida jalb qilishni so’raysiz. Sud hukm chiqarishda da’voingizni ham hal qiladi.
Hujjat ichida:
da’vo bahosini hisoblash jadvali (to’langan summa va qo’shimcha zararlar, masalan ijara xarajatlari);
da’voni qachongacha berish kerakligi: sud tergovi boshlangunga qadar;
muhim ogohlantirish: da’vo rad etilsa yoki undan voz kechsangiz, qanday huquqlar yo’qoladi;
yo’riqnoma, shablon, to’ldirilgan misol va tekshiruv varaqasi.
Quruvchi kompaniya pulingizni olib, uy bermadimi? Kompaniya rahbari ushlangan yoki unga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilgan bo’lsa, birinchi qadam — tergov organiga ariza berib, o’zingizni jabrlanuvchi deb topishni so’rash. Jabrlanuvchi maqomi sizga dalil taqdim qilish, ish materiallari bilan tanishish va sudda ishtirok etish huquqini beradi (JPK 54, 55-moddalar).
Hujjat ichida:
arizani qayerga, qanday topshirish va nimalarni ilova qilish bo’yicha yo’riqnoma;
to’ldirish uchun tayyor shablon;
to’ldirilgan misol;
topshirishdan oldin tekshiruv varaqasi.
Jinoyat ishi hali qo’zg’atilmagan holatlar uchun ham mos. Davlat boji to’lanmaydi.
Multi radar (Uchoyoqdan) kelgan jarimani bekor qilish
o'chma radar yoki mobil kompleks (MultaRadar) qayd etgan tezlik jarimasini sud orqali bekor qildirmoqchi bo'lgan haydovchilar uchun. Namunada qaysi sudga, qaysi muddatda va qanday dalillar bilan murojaat qilish tushuntirilgan. Radar xususiy avtomobilga o'rnatilgani, sertifikat va dislokatsiya yo'qligi kabi asoslar 975-son Nizomning amaldagi tahriri bo'yicha yozilgan. Ichida: yo'riqnoma, bo'sh shablon, to'ldirilgan misol, tekshiruv varaqasi.
Ichidagilar: 10 bo'limli yo'riqnoma; sariq maydonli shablon; to'ldirilgan misol; 11 bandli tekshiruv varaqasi
Tavsiya etilgan narx: Pullik. Shikoyatda dalillarni asoslash va iltimoslar bor, oddiy ariza emas.
Eng so'nggi yangiliklar, e'lonlar va muhim o'zgarishlar haqida tezkor ma'lumot oling. Qonunchilikdagi yangiliklar, tadbirlar va foydali maqolalar bir joyda.